Navoiydagi YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi

Joriy yilning 3-yanvar kuni soat 15:35larda Tomdi tumani hududidan oʻtuvchi 4R-57 avtomobil yoʻlining 361-kilometrida avtohalokat sodir boʻldi.
1991-yilda tugʻilgan haydovchi M.O. “Matiz” avtomashinasida “Oʻtemurot-Tomdi” yoʻnalishida harakatlanib kelayotib, tezlikni meʼyoridan oshirgan va boshqaruvni yoʻqotgan. Ehtiyotsizlik sababli mashina yoʻldan chiqib, agʻdarilib ketgan. Ayanchli avtohalokatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan 1991-yilda tugʻilgan fuqaro S.K. olgan ogʻir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring