Navoiydagi birinchi shamol elektr stansiyasi 155 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng hajmda elektr energiyasi ishlab chiqardi

12:07 15 Fevral 2024 Jamiyat
211 0

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, ushbu elektr stansiyasining dastlabki 100 MVt quvvati dekabr oyida ishga tushirilgan edi.

Shamol elektr stansiyasi qisqa fursatda:

— 31 mln 181 ming 715 kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqardi;

— buning natijasida 9,4 mln kubometr gaz tejalishiga erishildi;

— atmosferaga 13 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi 155 ming 908 ta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu shamol elektr stansiyasining navbatdagi 200 MVt quvvati joriy yil yakuniga qadar va 2025-yilda toʻliq quvvatda ishga tushiriladi.

Loyiha doirasida “Goldwind” kompaniyasining (Xitoy) 4,7 MVt quvvatli turbinalari oʻrnatilmoqda. Ularning balandligi 97 metr, shamol parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi. Bugungi kunga qadar 34 ta shamol turbinasi oʻrnatib boʻlindi.

Maʼlumot uchun, ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi oʻrnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер