Navoiydagi bir maktabning 7 oʻquvchisi Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

18:11 19 May 2021 Jamiyat
789 0

Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi AIMO Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi 2012-yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Olimpiadada Osiyoning Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Filippin, Tayvan, Makao, Janubiy Koreya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston kabi mamlakatlarining 2-11- sinf oʻquvchilari bilan bir qatorda Bolgariya, Braziliya davlatlaridan ham oʻquvchi yoshlar ishtirok etishadi.

Olimpiada ikki – saralash va final bosqichlaridan iborat. Joriy saralash bosqichida Navoiy shahridagi 16- umumtaʼlim maktabining 7 nafar iqtidorli oʻquvchisi - Dilnurbek Shodiyev, Botirbek Qodirov, Suxrobjon Isroilov, Nurafshona Muftillayeva, Akbarjon Zokirov, Amirshoh Muftillayev, Sardorbek Asqatov muvaffaqiyatli ishtirok etishib, oltin, kumush hamda bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Maktabning 4, 5, 6 va 8-sinflarida taʼlim olayotgan bu oʻquvchilar endi avgust oyida Koreya Respublikasi mezbonlik qiladigan final bosqichida ishtirok etishadi.

— Oʻquvchilarning yutuqlarga erishishida Dilnoza Yodgorova, Dildora Norova, Muattar Xalilova, Zahira Isayeva kabi tajribali pedagoglarimizning mehnatini eʼtirof etish joiz, — deydi maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Madamin Tursunov. — Ayni kunlarda ular oʻquvchi yoshlarni final bosqichiga individual grafik asosida tayyorlashmoqda. 

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?