Navoiydagi 2 ta osma dor yoʻlining faoliyati taqiqlandi
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi “Langar” qoʻrgʻonida joylashgan ikkita osma dor yoʻli faoliyati taqiqlandi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 10-avgust kuni qoʻmita “Langar” qoʻrgʻonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan ikkita osma dor yoʻlining texnik holati, normativ hujjatlar talablariga javob berishi boʻyicha oʻrganish ishlari olib borgan.
Oʻrganish davomida dor yoʻlidan foydalanib kelayotgan tadbirkorlarga mavjud kamchiliklar boʻyicha koʻrsatma berilgan holda, tegishli ruxsatnoma olmasdan turib dor yoʻlidan foydalanmaslik boʻyicha qatʼiy taqiq qoʻyilgan.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi attraksionlar bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olish maqsadida, texnik nosoz va shubhali boʻlgan attraksionlar haqida xabar berishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring