Navoiyda yuk avtomobili urib yuborgan velosipedchi ayol shifoxonada vafot etdi

22:07 16 Iyun 2021 Jamiyat
859 0

Navoiyda yuk avtomobili urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Voqea 2021-yilning 15-iyun kuni soat 19:10larda sodir  boʻlgan. Qayd qilinishicha «Kamaz» haydovchisi yuk avtomobilini Qiziltepa tumani ichki yoʻlida yuksiz holatda boshqarib ketayotgandi oʻzi bilan bir yoʻnalishda borayotgan velosipedda harakatlanib ketayotgan ayol yuk avtomashinasining tirkamasi old gʻildiragiga urilib yiqilgan va tos suyagi singan. Haydovchi avtomashinani harakatlantirmasdan joyida toʻxtatib YTH sodir etadi.

Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan velosiped haydovchisi tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Hozirda Qiziltepa ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?