Navoiyda yangi sport markazi ishga tushirildi

16:47 23 Sentyabr 2024 Jamiyat
333 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Mazkur markaz tadbirkor Temur Haydarovning homiyligi asosida 5 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga barpo etildi. Unda 250 nafar yosh bir vaqtning sportning boks va boshqa yakka kurash turlari bilan shugʻullanishlari mumkin.

Sport majmuasining taqdimot tantanalarida ishtirok etgan viloyat hokimi hududda sportning boks turi bilan shugʻullanuvchilar soni kun sayin ortib borayotganini eʼtirof etib, ushbu markazdan kelajakda yurt bayrogʻini xalqaro arenalarda baland koʻtaruvchi bokschilar yetishib chiqishiga umid bildirdi.

— Toʻliq ishonch bilan aytish mumkinki, barcha talablarga javob beradigan ushbu markaz sportni sevadigan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbidagi orzuning amaliy ifodasi boʻldi, — deya taʼkidladi viloyat hokimi. — Albatta, bu majmuaga tajribali sport murabbiylarini jalb etamiz.

Navoiyda sportning boks turi anchagina ommalashgan boʻlib, oʻtgan asrning saksoninchi yillarida viloyatning Konimex tumani, yaqin-yaqinlargacha Navoiy, Zarafshon shaharlarida boks markazlari faoliyat olib borgan. Biroq ular faoliyatidagi beqarorlik tufayli sportning boks turida viloyat oʻz mavqeini berib qoʻyganligi bor gap. Joriy yilning aprelida Konimexda boks maktabining ochilganligini inobatga olsak, viloyatda boksni qayta ommalashtirishga chinakamiga kirishilganiga amin boʻlamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер