Navoiyda viloyat hokimi oʻrinbosari, buyurtmachilar va tender komissiyasi aʼzolari qurilish boʻyicha tanish-bilishchilik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha rasman ogohlantirildi

17:22 30 Mart 2021 Iqtisodiyot
1003 0

Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Axmedov viloyat DXX boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida qurilish sohasida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida Navoiy viloyati prokuraturasida sohaga masʼul tashkilotlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Yigʻilishda Navoiy viloyat hokimining soha boʻyicha oʻrinbosari, 5 ta buyurtmachi tashkilot rahbarlari va tender komissiyasi aʼzolari qatnashib, ular joriy yilda amalga oshiriladigan qurilish taʼmirlash uchun pudratchilarni tanlashda amaldagi tartib qoidalarga ogʻishmay rioya etish, tanish-bilishchilik va boshqa korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik xususida rasman ogohlantirilgan.

Shuningdek, yigʻilishda loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari) xaridi jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, ushbu sohada “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan, shu jumladan elektron tender platformasidan tizimli foydalanish hamda tanlov (tender) gʻoliblari bilan oʻrnatilgan tartibda pudrat shartnomalarini tuzish choralarini koʻrish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berilgan.

Bundan tashqari, masʼullarga qurilish sohasida yoʻl qoʻyilayotgan korrupsion holatlar, byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishi va qurilish jarayonida shaharsozlik norma talablari buzilish holatlariga yoʻl qoʻyib kelinayotganligi taʼkidlanib, aniqlangan har bir holatga nisbatan keskin chora koʻrilishi va qonuniy javobgarlik muqarrarligi tushuntirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?