Navoiyda turli soha ilgʻorlari mukofotlandi

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bugun mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanmoqda. Ilmiy-amaliy konferensiyalar, tanlovlar oʻtkazilib, bunyodkor-quruvchilarning bayram tuhfalari qabul qilinmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra davlat va jamiyat hayotida faollik namunasini koʻrsatayotgan yurtdoshlarimizga mazkur mukofot tantanali surʼatda topshirilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyatidan ham turli soha ilgʻorlaridan bir guruhi oʻzlarining fidokorona mehnati, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan hissasi uchun “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoniga munosib deb topildi. Mukofotlarni oʻz egalariga Navoiy viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari T. Atamurodov topshirdi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Asosiy Qonunimiz istiqlol neʼmati va timsoli sifatida jamiyatimizning har bir aʼzosi dilidan teran joy olishi, har bir fuqaro eʼzozlovchi moʻtabar hujjatga aylanishi lozimligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Germaniyaning yirik neft va gaz kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etishga qaror qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring