Navoiyda tikuvxona bahonasida bankdan olingan kredit pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan fuqaro qoʻlga olindi

Foto: IIV Axborot xizmati
“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar baʼzi bir niyati buzuqlarning xayolini oldi. Zarafshonlik J.A ham ikki-uchta yakka tadbirkorlar bilan til biriktirib tikuvxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish bahonasida AT “Xalq banki” Zarafshon shahar filialidan 196 mln soʻm kredit mablagʻlarini chiqarishga erishdi. Shundan 70 mln soʻm pullarga “xoʻja koʻrsin uchun” tikuv mashinalar sotib olib, qolgan 126 mln soʻmni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishdi.
Mazkur holat yuzasidan J.A va uning sheriklariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring