Navoiyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi

08:11 06 Avgust 2021 Jamiyat
170 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ye” xususiy korxonasiga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida gazdan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa qoʻyilgan tamgʻani buzib tabiiy gazdan foydalanilganligi natijasida, hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga 176,1 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?