Navoiyda qurilayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi uchun uskunalar maxsus transport vositalarida olib kelinmoqda

17:09 24 Yanvar 2023 Iqtisodiyot
341 0

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Oʻzbekiston Energetika vazirligi maʼlumotiga koʻra, “Masdar” va Xitoyning «Goldvind» kompaniyalari oʻrtasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun 111 ta turbinani yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan. Shunga koʻra, Xitoyning Lanchjou shahridan Oʻzbekistonda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun shamol generatori va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.

Mazkur elektr stansiya joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi boʻlib hisoblanadi.

Stansiya toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер