Navoiyda qishloq xoʻjaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan 2,5 mlrd soʻm mablagʻ talon-toroj qilindi

12:47 25 Avgust 2021 Jamiyat
583 0

Navoiyda qishloq xoʻjaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablagʻini talon-toroj qilgan MCHJ mansabdorlarining kirdikorlari fosh boʻldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” MCHJ mansabdor shaxslari bank muassasasidan ajratilgan kredit hisobiga xarid qilingan 1 000 tonna kartoshka va 380 tonna piyoz mahsulotlarini sotuvidan tushgan mablagʻni kredit qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltirmasdan jami 2,5 mlrd soʻmni oʻzlarining ehtiyoji uchun ishlatib yuborib, goʻyoki ushbu mahsulotlar yaroqsiz holga kelib qolganligini vaj qilib, qishloq xoʻjaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablagʻini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?