Navoiyda qariyb 500 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olindi

09:08 13 Noyabr 2024 Jamiyat
155 0

Foto: Prokratura departamenti

Navoiy viloyatidagi kon hududidan 492 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olish holat aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozgʻon shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda “B.S.” MChJ masʼul shaxslari “Gʻozgʻon-7” koni hududidan tegishli ruxsatnomasiz 492 kub metr hajmdagi granitni oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 221,4 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер