Navoiyda poyezd 3 ta tuyani urib yubordi

13:36 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
702 0

Navoiy viloyati “Tinchlik” lokomotiv deposiga qarashli teplovoz oʻziga biriktirilgan yuk poyezdini Mustaqillik – Uchquduq yoʻnalishida tortib kelayotgan vaqtda temir yoʻllarda qarovsiz yurgan 3 bosh tuyani urib yuborgan.

Hodisa ertalabki 7:50 larda sodir boʻlgan. Yoʻldagi tuyalarni koʻrgan mashinist va uning yordamchisi tezlikni pasaytirib, ogohlantiruvchi signalni va tezkor tormozni bosgan. Shunga qaramasdan tuyalar yoʻldan qochmagan va poyezd urib yuborishi natijasida nobud boʻlgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda tuyalar Uchquduq tumani Shanhar ovuliga tegishli ekanligi aniqlangan. Chorva egalariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 113-modda 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.

Voqeadan soʻng masʼullar teplovozni koʻzdan kechirgan. Markaziy dispetcher ruxsati bilan 08:10 da poyezd oʻz yoʻnalishi boʻyicha harakatni davom ettirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?