Navoiyda nomaʼlum shaxs tomonidan olib qochilgan “Lacetti” Tomdi tumanidan topildi

Foto: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi S.S odatda har kuni oʻzining “Lacetti” rusumli avtomashinasida ishga qatnaydi. Oʻsha kun ham u “Navoiy-uran” DUK korxonasiga qarashli geologiya ekspeditsiyasining Tomdi-Zarafshon avtomobil yoʻli chetida mashinasini qoʻyib ketgandi. Kechga yaqin ishdan chiqib qarasaki, mashinasi joyida yoʻq. Zudlik bilan tuman IIBga murojaat qilgan.
Holat boʻyicha viloyat hududida toʻsib ushlash tadbiri eʼlon qilindi. Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida ushbu jinoyatni tomdilik 27 yoshli K.P sodir etganligi aniqlandi. Va yana aniqlandiki, K.P mashinani oʻgʻirlab Tomdibuloq MFY tomon haydagan va choʻl qumloqlarida botib, harakatdan toʻxtagani sabab qochib ketishga ulgurmagan edi.
Hozirda K.Pga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1- qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring