Navoiyda Navroʻz sayli

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navroʻz Qizilqumda koʻklamga intiqqan dillarning olamga sigʻmagan quvonchi. U olis Tomdi kengliklarida, Uchquduqning Mingbuloq, Juzquduq, Konimexning Uchtepa kabi ovullarida qalblarga eng pokiza tuygʻular, teran orzu-umidlar joylab, ming-ming yillik anʼanalar ardogʻida nishonlanmoqda.
Bayramning asosiy tantanalari Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida nishonlandi. Viloyat hokimi Normat Tursunov barchani bayram bilan qutlab, Navroʻz sayliga boshladi.
Bogʻda oʻttizdan oshiq millat va elat vakillaridan iborat viloyat ahli serxosiyat bayramni ajdodlarimizning bebaho merosi sifatida nishonladilar. Oʻtovlar tikilib, xalq amaliy hunarmandchilik sanʼati koʻrgazmalari tashkil etildi. Folklor dastalari, dorbozlar oʻz bayram dasturlarini namoyish qilishdi. Turli sport musobaqalari, xalq oʻyinlari, musobaqalar uyushtirildi. Bayram dasturxonlariga bahoriy taomlar tortildi.
— Navroʻz ezgulik timsoli, bu bayram shunchaki ommaviy tadbir emas, — deydi viloyatdagi Ozarbayjon milliy madaniy markazi rahbari Sevil Bolayeva. — Balki turli millatlarga maʼnaviy quvvat beruvchi, ularni bir-biriga jipslashtiruvchi, ular qalbida muqaddas Vatan tuygʻusini mustahkamlovchi bebaho qadriyat hisoblanadi.
Navroʻz nomi yagona anʼanalari ming xil bayram. U ezgulik va mehr-oqibat ayyomi. Bayram munosabati bilan viloyatning har bir tuman va shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka yolgʻiz keksalar, holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring