Navoiyda mast erkak doʻstini urib oʻldirib qoʻydi

Foto: Tergov departamenti
Navoiy viloyatida mast holatdagi erkak tanishi bilan janjallashib, urib oʻldirdi. Bu haqda Tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 20-fevral kuni soat 23:00 da “Yagodnaya” koʻchasidagi uylardan birida sodir boʻlgan. Erkaklar spirtli ichimliklar ichishgan, keyin ular oʻrtasida janjal kelib chiqib, urishga aylangan. Mojaro oqibatida 42 yoshli mahalliy fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring