Navoiyda dars vaqtida choʻmilishga borgan 6-sinf oʻquvchisi choʻkib ketdi

10:59 25 May 2024 Jamiyat
262 0

Arxiv surat

Ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatida maktab oʻquvchilar dars vaqtida choʻmilishga borib, ulardan biri suvga oqib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf oʻquvchilari choʻmilishga borgan. Choʻmilish vaqtida oʻquvchilardan biri suvda oqib ketib, vafot etgan. 

“Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi jamoasi mazkur baxtsiz voqea natijasida vafot etgan oʻquvchining oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi habarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hzirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер