Navoiyda maktab oʻquvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Qurbonlar bor

14:43 25 May 2024 Jamiyat
691 0

Foto: Videodan kadr

Navoiy viloyatida maktab oʻquvchi boshqargan Matiz yoʻl-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida maʼlum qilindi

Manbaga koʻra, maktab oʻquvchilari Matiz avtomobilini ijaraga olib, Nurota boʻylab harakatlanib ketayotgan boʻlgan. Qaytishda ular boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasiga uchragan. 

Oqibatda ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etgan, bir nafari turli darajada tan jarohatlari bilan Karmana tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

“Men ularning «pravasi” yoʻqligini va yoshi kichkina ekanini bilmagandim. Bilganimda, mashinani ularga bermasdim», deydi mashinani ijaraga bergan shaxs.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 30-maktabning dars vaqtida choʻmilishga borgan 6-sinf oʻquvchilaridan biri choʻkib ketgani haqida xabar berilgan edi. 
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер