Navoiyda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

21:07 30 Iyul 2022 Jamiyat
627 0

Foto: Illustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.Z.” MCHJ rahbari A.Yu. va “R.L.” MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, tadbirkor I.Sh.ning ishonchiga kirib, unga qarashli issiqxona hujjatlarini qalbakilashtirish orqali “A.Z.” MCHJ nomiga hududiy tijorat banki filialidan 980 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablagʻlarini naqdlashtirib olib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?