Navoiyda ishga joylashtirish uchun hamshiradan 7 mln. soʻm olgan firibgar shifokor ushlandi

11:59 03 Sentyabr 2021 Jamiyat
764 0

Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1970-yilda tugʻilgan qiziltepalik S.F ham tibbiyot sohasida koʻp yillar ishlagan, obroʻsi ortib yuqori toifalar olgan. Ammo bir yil oldin mansabini suiisteʼmol qilib bir necha bor oq xalatga dogʻ tushirgani bois, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan xayfsan olib shartli ravishda Karmana tumani shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimida navbatchi shifokor lavozimiga buyurilgandi.

“Oʻrgangan koʻngil, oʻrtansa qoʻymas” deganlaridek, shifokor avval oʻzi bilan birga ishlagan hamshira M.Tni koʻrib qolib ish oʻrni tavsiya qildi. Garchi ishga joylashtirishda vakolati boʻlmasa-da yangidan ishga tushgan tugʻruqxonaga tanishlari orqali ishga kiritib qoʻyishini aytdi. Buning uchun 7 mln soʻm pul talab qildi. Hamshira hozirgi paytda ishsiz boʻlganligi bois mazkur pulni berishga rozi boʻldi.

Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida S.Fning 7 mln soʻm pullar hamda M.Tning shaxsiy hujjatlarini olayotgan paytda qoʻlga olindi. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?