Navoiyda imtiyozli kredit mablagʻini oʻzlashtirgan ish yurituvchi aniqlandi

19:01 17 Avgust 2022 Jamiyat
244 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.T.” fermer xoʻjaligi sobiq ish yurituvchisi A.J. 5 nafar fuqaro nomiga ajratilgan 156 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga ularga chorva mollari yetkazib berilganligi toʻgʻrisida soxta hisobotlar tuzib, kredit mablagʻini oʻzlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?