Navoiyda ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi

15:51 21 Sentyabr 2022 Jamiyat
228 0

Foto: Arxiv surat

Bugungi kunda jamiyatni jinoyatchilik illatidan tozalash, unga qarshi kurashish borasida Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan muntazam ravishda faol tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Navoiy shahridagi advokatlar hayʼati advokati “H.Q.” mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qoʻzgʻatilib, tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qiladi.

Advokat soʻralgan pul mablagʻidan 7500 AQSH dollarini olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “H.Q.” 7500 AQSH dollaridan 1500 AQSH dollarini oʻzining ulushi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi - Navoiy shahridagi advokatlik firmasi advokati “F.N.”ga berishi kerakligi maʼlum boʻldi va tezkor tadbir davom ettirilib, “F.N.” 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan “H.Q.” va “F.N.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?