Navoiyda gaz hisoblagichini “chuv tushirgan” korxona aniqlandi

10:00 26 Iyul 2025 Jamiyat
228 0

Navoiy viloyatida gaz hisoblagichini “chuv tushirgan” korxona fosh boʻldi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Gap shunda-ki, inspeksiyaning Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Karmana tumanida joylashgan “N. I.” MCHJga qarashli binoda gaz hisoblagichining gaz keluvchi oldingi qismiga baypas tarmogʻi ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 151,6 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Oʻzbekistonda birinchi marta yozgi isteʼmol hajmi qishki isteʼmol hajmini ortda qoldirgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?