Navoiyda firibgarlik bilan bogʻliq ikki jinoyat “issigʻi”da ochildi

Illustrativ foto
Xalqimiz togʻ boʻrisiz, el oʻgʻrisiz boʻlmaydi, deydi. Bu maqol zamiridagi haqiqat bugun nechogʻlik hayotga yaqin, bilmadigu, lekin hozirgi yuksak texnologiyalar davrida, taʼbir joiz boʻlsa, zamon bilan hamqadam oʻgʻrilar ham borligi va sodda insonlar ularga “chuv” tushayotgani haqida onda-sonda oʻqib turibmiz.
Misol uchun, Navoiy shahrida yashovchi Q.E. ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilib, viloyat hokimligi tomonidan uning nogiron akasi davolanishi uchun bank kartasiga tushirilgan 22 million soʻm pul mablagʻi nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganini hamda bu mablagʻni qaytarishda yordam berishlarini soʻrab murojaat qildi.
— Tezkor-qidiruv tadbirlarida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan B.R. sodir etgani aniqlandi, — deydi Navoiy shahar IIB JQB katta tezkor vakili Gʻanisher Sharopov. — U nogiron fuqaroga Telegram messenjeri orqali aloqaga chiqib, ehson tariqasida pul oʻtkazib berishini bildiradi. Shu yoʻl bilan fuqaroning ishonchiga kirib, bank kartasi maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan va bank kartasidagi pullarni oʻzlashtirgan.
“Elektron oʻgʻri”ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Navbatdagi jinoyat esa qoʻshni Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida yashovchi Sh.D. tomonidan amalga oshirilgan. U tilla taqinchoq olish niyatidagi navoiylik Sh. N.dan Telegram messenjeridagi “Kredit asosida tillavagold” kanali orqali buyurtma hamda garov sifatidagi 3 million 267 ming 350 soʻm pulni “Click Evolution” mobil ilovasi orqali tushirib oladi. Shundan soʻng Telegramdagi yozishmalarni oʻchirib tashlab, virtual olamda qayta “qorasini koʻrsatmaydi”.
Sh.D.ga JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, uning shunga oʻxshash jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyatlarni “issigʻi”da fosh etgan Navoiy viloyat ichki ishlar xodimlari fuqarolarimizdan elektron firibgarlardan ogoh boʻlishlarini soʻrashmoqda.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring