Navoiyda Cobalt yuk avtomashinasi bilan toʻqnashdi. 2 kishi halok boʻldi

09:51 29 Iyun 2021 Jamiyat
831 0

Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumotga koʻra, 27-iyun kuni soat 14:30 atrofida Navoiy viloyati Konimex tumani xududidan oʻtgan Navoiy-Zarafshon-Uchquduq yoʻnalishida (1995-y.t.) fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan Cobalt avtomashinasida harakatlanib kelayotganda rulda uxlab qolgan va boshqaruvni yoʻqotgan.

Cobalt oʻzining yoʻnalishi boʻyicha qarama qarshi yoʻldan harakatlanib kelayotgan Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi va yonidagi yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan. Hozirda Konimex tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?