Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻldi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 15-maktabning 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra, ona boʻlgan oʻquvchi darslarda ishtirok etmasa ham unga ayrim fanlardan baho qoʻyib borilgan.
Mazkur axborot keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab boʻlgach, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Ayni vaqtda ushbu holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganish oʻtkazilmoqda”, deyiladi boshqarmaning qisqa izohida.
Qoʻshimcha qilinishicha, ayrim fan oʻqituvchilarining darsga ishtirok etmagan oʻquvchiga baho qoʻyib borgani haqidagi vajlar ayni vaqtda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring