“Navoiyazot” havoga meʼyordan ortiq tashlanmalar chiqargani aniqlandi

12:29 13 Iyul 2024 Jamiyat
372 0

“Navoiyazot” AJning atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekani aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahar havosidan ikki kundan buyon nafas olib boʻlmayotgani aytilgan murojaat tarqaldi va Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan oʻrganish ishlarini olib bordi.

Oʻrganish davomida “Navoiyazot” AJ sanitar himoya zonasi atrofidan olingan tahlil natijalariga koʻra, atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekani aniqlangan.

Holat yuzasidan aksiyadorlik jamiyati maʼmuriyatiga tegishli tartibda majburiy koʻrsatmalar berilgan. Bugungi kunda “Navoiyazot” AJ hududida tekshiruvlarni oʻtkazish va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga kelishilgan holda tekshiruvlarni oʻtkazish boʻyicha toʻplangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер