Navoiy viloyatida quyma holida eritilgan oltinni noqonuniy sotib olgan fuqaro qoʻlga olindi

Navoiy viloyatida quyma holida eritilgan oltinni noqonuniy sotib olgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, erkak boshqa bir fuqarodan ogʻirligi 548 gramm boʻlgan tilla quymasini 328,5 million soʻmga, keyinroq 1,7 milliard soʻmga 1,7 milliard soʻmga sotib olgan.
Qoʻlga olingan shaxsning “Navoiy-Samarqand” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan avtomashinasidan jami 2,3 kg sof oltin olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda egallash yoki sotish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring