Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda — Energetika vazirligi

21:20 10 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
1148 0

Foto: Illustrativ foto

Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur elektr stansiya orqali yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Ushbu mega loyihaning umumiy qiymati 600 mln dollarni tashkil etib, yuz foiz xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.

Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushgandan soʻng 30 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?