Navoiy viloyatida 700 dan ortiq oilaga bayram sovgʻalari topshirildi

15:54 24 Mart 2022 Jamiyat
749 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Navoiy viloyatida Navroʻz shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama eʼzozlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan, koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlari davom etmoqda.

— “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʻlimi va uning tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda 700 ga yaqin oilaga 193 mln. soʻmlik oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi, — deydi fondning viloyat boʻlimi rahbari Faxriddin Soliyev. — Shuningdek, hokimlik va jamoatchilik vakillari viloyatda istiqomat qilayotgan 12 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurib, moʻtabar otaxon va onaxonlarga bayram kayfiyati ulashildi.

Qolaversa, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan ellikdan oshiq ehtiyojmand fuqaroga jami 69,8 mln.soʻm moddiy yordam puli ajratilib, ularning elektron hamyonlariga oʻtkazib berildi.

Temur ESHBOYEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?