Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan filmlar namoyishi tashkil etiladi

16:01 08 Fevral 2022 Madaniyat
811 0

Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida oʻzbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning maxsus namoyishi boʻlib oʻtadi.

9-fevral kuni namoyishi kutilayotgan “Alisher Navoiy” badiiy filmi Agentlik tashabbusi bilan Rossiya davlat kinofondidan yurtimizga raqamlashtirilgan holda qaytarilgan noyob filmlardan biri boʻlib, taniqli rejissyor Komil Yormatov tomonidan suratga olingan.

Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Alisher Navoiy” hujjatli filmi hamda Navoiyning “Xamsa” asari asosida “Astir animation studio” MCHJ tomonidan yaratilgan “Xasis baqqol” animatsion filmlari namoyish etiladi.

“Xasis baqqol” multfilmi ilk bor premyera qilinadi. Alisher Navoiy ijodini yaxshi bilgan bolalar uchun Navoiyxonlik kechasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Kinochilar uyida “Yoʻlbarsning tugʻilishi” filmining premyerasi oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер