Navoiy shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasidan fotoreportaj

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Navoiy shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Muloqotda Navoiy viloyati rivojining bugungi holati tahlil qilindi. Oxirgi uch yilda hududda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushgan. Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilib, yiliga qoʻshimcha 1 trillion soʻm soliq tushumi va 100 million dollar eksport taʼminlangan.

Viloyatda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun katta zaxira va imkoniyatlar borligi koʻrsatib oʻtildi. Misol uchun, import boʻlayotgan mahsulotlarni kooperatsiya asosida mahalliy tadbirkorlar ishlab chiqarsa boʻladi. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik tarmogʻi toʻla ishga solinmayapti. Meva-sabzavot saqlash quvvatlari kam. Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar bor.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Prezident Navoiy viloyati hokimi lavozimiga Normat Tursunov nomzodini tavsiya etdi.

N.Tursunov 1972-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Koʻp yillar davlat soliq tizimida ishlagan. U 2021-yil noyabr oyidan buyon Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajarib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari nomzodni lavozimga tasdiqlashdan avval ochiq muloqot qilib, uning rejalarini eshitishni taklif etdi. Normat Tursunov viloyatda tadbirkorlik, sanoat, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish boʻyicha rejalarini taqdimot qildi.

Prezidentimiz bu takliflarni maʼqullab, ularni amalga oshirish choralarini belgilab berdi.







Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring