Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi

Foto: Arxiv surat
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda joriy yilning oʻtgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrib chiqildi. Ijobiy natijalar eʼtirof etilib, kamchiliklar tanqid qilindi.
Yigʻilishda ekologiya sohasiga oid qonunlar va Prezidentimiz farmon va qarorlari ijrosining bajarilishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatimizda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan bir qator hududiy boshqarma boshliqlari, yaʼni Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi.
Shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparatining uch nafar masʼul xodimlariga, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bevosita masʼul boʻlgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga masʼul boʻlgan hududiy boshqarma boshliqlarining ikkinchi oʻrinbosarlariga “hayfsan” intizomiy choralari qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring