Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻquv markazi tashkil etiladi

Foto: Xalq so‘zi
Germaniyaning “Zeppelin” konserni tarkibidagi “Zeppelin Uzbekistan” kompaniyasi hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti oʻrtasida kon sanoati uchun mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv markazini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi. Ushbu hujjat universitet rektori Baxtiyor Mardonov hamda “Zeppelin Central Asia Machinery” kompaniyasi bosh direktori Mixail Konsevenko tomonidan imzolandi.
Mazkur kelishuv xalqaro taʼlim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash, oʻzaro manfaatli sohalarda ilmiy-texnikaviy va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, ochiq ilmiy-texnik axborot va innovatsion texnologiyalar almashinuvi kabi vazifalarni maqsad qilgan. Endilikda “Caterpillar” oʻquv markazi bazasida ilmiy-uslubiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, vebinarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkaziladi.
— Biz raqobatchilardan farqli oʻlaroq, yechimlar yaratamiz, — deydi “Zeppelin Central Asia Machinery” bosh direktori Mixail Konsevenko.— Biz texnikaning butun umri davomida mijoz bilan birga boʻlamiz. Shuningdek, biz mijozlarga oʻrgatish, xizmat koʻrsatish va moliyaviy, texnologik yechimlar bilan yordam beramiz. Mijozlarimiz mintaqadagi yirik kompaniyalar boʻlib, biz ularga uskunalar yetkazib berishdan tashqari texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha xizmatlarni ham taklif etamiz.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Germaniyaning “Zeppelin” konserniga XIX va XX asrlar chorrahasi, yaʼni 1900-yilda graf Ferdinand fon Seppelin tomonidan asos solingan. 1908-yilda esa konsern dirijablsozlikka qoʻl urib, sohada mustahkam ilmiy-texnik baza yaratgan.
Oʻtgan asrning 50 yillarida Amerikaning “Caterpillar Inc” kompaniyasi Yevropada yirik yuk transporti vositalari dvigatellari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda hamkor sifatida “Zeppelin«ni tanlaydi. Yetmish yildan oshibdiki, konsern “Caterpillar Inc«ning ishonchli hamkori sifatida oʻz faoliyat geografiyasini kengaytirib bormoqda.
– Oʻzbekiston taʼlim sohasi rivojiga hissa qoʻshayotganimiz, konchilik sanoatida malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashayotganimizdan mamnunmiz, — deya davom etadi M. Konsevenko. — Korporativ ijtimoiy masʼuliyat boʻyicha loyihalarimiz doirasida biz nafaqat yangi oʻquv markazini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha yordam berishga, balki toʻplangan tajribalarimizni toʻliq oʻrgatishga va oʻquv jarayonlarida faol ishtirok etishga tayyormiz.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring