Navoiy asarlari Turkiyada ham alohida hurmat bilan oʻrganiladi — turkiyalik Goʻzda Shahin

Foto: “Xalq soʻzi”
Bugun buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan Samarqand shahrida bobokalonimiz nomi bilan ataluvchi bogʻda katta bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchi va shoirlar, talaba va oʻquvchi-yoshlar, xorijlik sayyohlar ishtirok etdi.
Tadbirda allomaning ibratli hayoti va boy ijodiy merosi, ularning bugungi kundagi ahamiyati xususida fikr yuritildi. Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etildi.
Tadbirda Hazrat ijodidan turli tillarda gʻazal va ruboiylar oʻqildi. Samarqand viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
“Oʻzbekistonda uchinchi bor mehmon boʻlib turibman. Bu galgi tashrifimiz turkiy dunyoning buyuk shoiri — Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi tantanalariga toʻgʻri kelganidan behad xursandman. Navoiy asarlari Turkiyada ham alohida hurmat bilan oʻrganiladi. Turk shoir va yozuvchilari tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan qimmatli asarlar yaratilgan. Va bu yoʻnalishdagi ishlar hozir ham keng miqyosda olib borilmoqda”, deydi Turkiya turizm va madaniyat vazirligi xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Goʻzda Shahin.
Tadbir soʻngida shoir haykali poyiga gullar qoʻyildi.
Sana munosabati bilan Samarqanddagi taʼlim muassasalari va madaniyat maskanlarida konsert dasturlari hamda mushoira kechalari davom etmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring