«Navbahor Tekstil»da endi kanop qayta ishlanadi

13:37 31 Oktyabr 2024 Jamiyat
135 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatidagi «Navbahor Tekstil» paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini boshlaganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Korxonada paxta xomashyosi qayta ishlanib, tayyor mahsulotgacha boʻlgan zanjir tashkil etilgan. Izlanishlar hamda bozor konyukturasini oʻrganish natijasida korxona oʻz brendi mavqeyini oshirib, ishlab chiqarishda yangi innovatsiyalarni jalb qilgan holda noanʼanaviy tolalardan mato toʻqishni ham yoʻlga qoʻymoqda. Natijada zigʻir tolasini chuqur qayta ishlash oʻzlashtirildi.

— Biz asosiy eʼtiborni Gʻarb bozorlari, Yevropa bozorlariga qaratganmiz, — deydi korxona rahbari Murod Afgʻonov. — Yaqinda korxonamizda AQSHning savdo-sanoat palatasi vakillarini qabul qilib, hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishdik. Shuningdek, Kanada davlatining savdo-sanoat palatasi masʼullari bilan paxta negizida turli tolalar qoʻshib yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga qaror qildik.

Izlanishilar besamar ketmadi. Tadbirkorning taʼkidlashicha, klaster korxonasida kanop qayta ishlanib, qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratiladi va tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер