NATOda Kiyevning magʻlubiyati haqida gapirildi

23:42 04 Aprel 2024 Dunyo
394 0

Foto: AP

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi mojaro rivojlanishining ikkita ssenariyi haqida gapirdi. Ulardan biri, uning soʻzlariga koʻra, Kiyevning magʻlubiyatidir.

Stoltenberg buning oldini olishga va Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirib, jang maydonidagi vaziyat ogʻir ekanini taʼkidladi.

“Ukrainaga koʻproq yordamni safarbar qilish zarurati bor. Ikkita ssenariy boʻlishi mumkin: birinchidan, NATO koʻproq qoʻllab-quvvatlashni kuchaytira oladi, Ukraina esa koʻproq hududni qaytaradi”, — dedi NATO bosh kotibi.

Ikkinchi ssenariy, NATO Bosh kotibiga koʻra, alyansning Kiyevni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortishi. Bunday holda, Rossiya koʻproq hududlarni olib qoʻyadi va NATO oʻzini “bundan ham xavfliroq holatda” qoldiradi.

Stoltenbergning soʻzlariga koʻra, yagona toʻgʻri variant Ukrainada kuchli qurolli kuchlarni barpo etishdir.

Avvalroq, Ukrainada Kiyev magʻlubiyatga uchragan taqdirda Shimoliy Atlantika alyansi qulashini bashorat qilingan edi.

Ukraina Siyosat tahlili va boshqaruvi instituti direktori Ruslan Bortnikning soʻzlariga koʻra, “Agar Ukraina magʻlub boʻlsa, NATO yanada qulaydi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер