NATO yana bir flot tashkil etishini maʼlum qildi

16:06 04 Dekabr 2024 Dunyo
287 0

Arxiv foto

NATO Boltiq va Oʻrta yer dengizlarida alyans infratuzilmasini himoya qilish uchun uchuvchisiz samolyotlardan tashkil topgan dengiz flotini tashkil etmoqchi. Bu haqda NATO Qurolli kuchlarining transformatsiya boʻyicha ittifoqchi kuchlari oliy qoʻmondoni Pyer Vandye maʼlum qildi.

Uning “Defense News” harbiy portaliga maʼlum qilishicha, flotni yaratish hali dastlabki bosqichda. Taxmin qilinishicha, uning yordami bilan NATO har kuni alyansdan tashqaridagi faollikni kuzatishi mumkin boʻladi: birinchi navbatda suv ostini, keyin esa suv ustini.

“Hozircha flotning nomi yoʻq, shunchaki uchuvchisiz suv usti transport vositalari parki. Aslida u allaqachon mavjud... Biz buni (alyans doirasida – tahr.) muhokama qilishga harakat qilamiz, keyin esa ittifoqchilarimiz bilan uni hayotga tatbiq etishning mos usulini birgalikda qidiramiz”, — deydi Vandye.

Vandye flotni rivojlantirish boʻyicha ishlar AQSH dengiz kuchlarining 59-sonli ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan tajribalar orqali osonlashishi mumkinligini taʼkidlab, loyiha NATO dengiz qoʻmondonligi (MARCOM) va Ittifoqchi kuchlarning Yevropadagi bosh qoʻmondonligi operativ shtabi (SACEUR) tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganini taʼkidladi.

Avvalroq “Helsingin Sanomat” gazetasi NATO dekabr oyidan boshlab alyansning Finlyandiyada tashkil etilgan dengiz markazi negizida Boltiq dengizining suv osti infratuzilmasini kuzatishni boshlashi haqida xabar bergan edi.

Finlyandiya operatori “Cinia Oy” dushanba kuni Finlyandiya va Germaniya C-Lion1 oʻrtasidagi dengiz osti telekommunikatsiya kabelida nosozlik aniqlangani va kabel oʻchirilganligini aytdi. Keyinroq Germaniya va Finlyandiya Boltiq dengizida ikki davlat oʻrtasida oʻtadigan dengiz osti aloqa kabeliga shikast yetganidan xavotirda ekanliklarini va bu borada chuqur tergov olib borilayotganini bildirdi.

Keyinroq, Litva va Shvetsiya OAVlari Shvetsiya va Litva oʻrtasidagi dengiz osti aloqa kabeli ham shikastlangani va Shvetsiya rasmiylari tergov olib borayotgani haqida xabar berishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер