NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi

22:43 18 Yanvar 2023 Dunyo
1547 0

Illyustrativ foto

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga qurol yetkazib berish Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻli dedi

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinda tinchlikka tayorgarlikning hech qanday belgilari koʻrinmayapti, shuning uchun u jang maydonida gʻalaba qozona olmasligini tushunishi kerak. Bu Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni sezilarli darajada oshirishni talab qiluvchi urushdagi burilish nuqtasidir”, dedi Bosh kotib Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida.

Avvalroq, alyans bosh kotibi oʻrinbosari Mircha Joana NATO davlatlari Ukrainani himoya qilish va oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun harbiy texnika hamda oʻq-dorilar ishlab chiqarishni koʻpaytirishi kerakligini aytgan edi. 

“Bu Ukraina uchun, shuningdek, bizning xavfsizligimiz va mudofaamiz uchun muhim”, deydi Mircha Joana.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер