NATO Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari mutaxassislari uchun mashgʻulotlar oʻtkazmoqda

11:51 17 Aprel 2024 Jamiyat
188 0

Foto: Mudofaa vazirligi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab delegatsiya aʼzolariga Markazning oʻquv-moddiy bazasi va oʻquv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilib oʻtildi.

Shundan soʻng Markazning Madaniyat va maʼrifat markazida mehmonlar oʻzaro tanishuv suhbati hamda masʼul shaxslar ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng Markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga aʼzo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha bir qator mavzularda mashgʻulotlar tashkil etildi hamda mavzu boʻyicha oʻzaro fikrlar almashildi.

Mazkur hamkorlikdagi oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar 20-aprel kuniga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер