“Nasaf” OFK kubogini yirik gʻalaba bilan boshladi
Bugun Tojikistonning Dushanbe shahrida futbol boʻyicha OFK kubogining “F” guruhi 1-tur oʻyinlariga start berildi.
Turnirda Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Roʻziqul Berdiyev murabbiyligidagi Qarshining “Nasaf” jamoasi dastlabki turda Qirgʻizistonning “Oloy” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimi qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtgan boʻlsada, darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. Ammo, tanaffusdan keyin “Nasaf” jamoasi futbolchilarini toʻxtatib qolishning imkoni boʻlmadi.
Avvaliga zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Suhrob Nurulloyev hisobni ochgan boʻlsa, Shohmalik Komilov hisobni ishonchli koʻrinishga keltirib qoʻydi. Husayn Norchayev va zaxiradan maydonga tushirilgan Husniddin Aliqulovlarning gollari esa “Oloy”ni nokaut holatiga tushirdi: “Nasaf” – “Oloy” – 4:0. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
OFK kubogi-2021. “F” guruhi. Dushanbe.
“Nasaf” (Oʻzbekiston) – “Oloy” (Qirgʻiziston) – 4:0
Gollar: Suhrob Nurulloyev (52), Shohmalik Komilov (58), Husayn Norchayev (64), Husniddin Aliqulov (76).
“Nasaf”: Abduvohid Neʼmatov, Dilshod Saitov (Husniddin Aliqulov 70), Gʻolib Gʻaybullayev, Umar Eshmurodov, Joʻrabek Mannonov (Suhrob Nurulloyev 46), Sherzod Nasrullayev, Shohmalik Komilov (Sardor Saʼdullayev 78), Marko Stanoyevich, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov (Shokir Yoʻldoshev 70), Husayn Norchayev (Muhriddin Zoirov 78).
“Oloy”: Daniyel Polyakov, Aydar Mambetaliyev, Oybek Abdugʻafforov, Almazbek Malikov, Ahliddin Isroilov (Nurbolot Irisbekov 67), Emmanuel Yagr, Eldar Moldojunusov, Erlan Masharipov, Nurdolot Stalbekov (Shoxruh Askerov 88), Tijani Belaid (Adilet Nurlan Uulu 81), Akramjon Umarov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring