Narpayda fuqaro yashash xonadonida noqonuniy qurol hamda oʻq-dorilar saqlab kelayotgani aniqlandi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, 2020-yil 25-noyabr kuni Samarqand boʻylab oʻtkazilayotgan “Kompleks” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Narpay tumani IIB xodimlari tomonidan olingan maʼlumotga asosan, Narpay tumani Charxin mahallasida yashovchi, 1951-yilda tugʻilgan A.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv davomida ushbu shaxs oʻzining yashash uyida bir dona “TOZ-BUM” rusumli ikki koʻzli, 16-kalibrli ov quroli, 9 (toʻqqiz) dona 16 kalibrli gilzalarni va 70 (yetmish) dona sariq metalldan yasalgan kapsulalarni noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring