Narpayda “Epika” kanalga tushib ketdi. Haydovchi vafot etdi

9-oktyabr kuni soat 09:30 da Narpay tumani Oqtosh shahrida yashovchi E. boshqaruvida boʻlgan “Epika” avtotransport vositasi Narpay tumani A.Navoiy MFY hududidan oʻtuvchi ichki yoʻlda, harakatlanib kelib, boshqaruvini yoʻqotishi natijasida ushbu yoʻlning chap tomonidan oqib oʻtuvchi “Qozoqariq” kanaliga tushib ketib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilgan.
YTH natijasida haydovchi turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Tekshiruvlar natijasida fuqaroning “Epilepsiya” kasalligi borligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring