NamMTIda faol yoshlar moddiy ragʻbatlantirildi

21:50 28 Iyun 2022 Jamiyat
412 0

Foto: Xalq so‘zi

Namangan muhandislik texnologiya institutida Yoshlar oyligi doirasida talabalar ishtirokida bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar, mahorat darslari, sport musobaqalari, tasviriy va amaliy sanʼat koʻrgazmalari tashkil etilmoqda.

30-iyun – Yoshlar kuni oldidan institutda oylik davomida faollik koʻrsatgan, shuningdek, yil davomidagi koʻrik-tanlov, festival va sport bellashuvlarida gʻolib chiqqan talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda yuqori natijalarni qayd etgan 134 talabaning har biri moddiy ragʻbatlantirildi.

Tantanali taqdirlash marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov barcha talabalarni yoshlar bayrami bilan samimiy qutlab, ilgʻor yigit-qizlarga maxsus sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi. Viloyat sanʼat ustalari ishtirokidagi konsert dasturi marosim ishtirokchilariga zavqli lahzalarni taqdim etdi.

 

Qudratilla NAJMIDDINOV,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?