Namanganlik oʻquvchilar “Astana Open” xalqaro turnirida gʻalaba qozondi

16:01 23 Mart 2024 Jamiyat
1225 0

Ostona shahrida 8-11-sinf oʻquvchilari uchun oʻtkazilgan Astana Open xalqaro festivalida Qozogʻiston va Oʻzbekistondan jami 27 maktab jamoalari ishtirok etdi.

Ikki kunlik festival doirasida Musiqiy xamsa, Erudit-kvartet, Shaxsiy oʻyin va “Zakovat” boʻyicha bellashuvlar olib borildi. Quvonarlisi festival doirasida “Zakovat” oʻyinida 1-oʻrinni Pop tumanidagi 67-IDUMning “Geksagon” jamoasi egalladi.

Eʼtiborlisi, mazkur jamoa 2023-yili Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi “Zakovat” turnirida ham 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, “Zakovat” oʻyinida 3-oʻrinni ham Oʻzbekistondan borgan jamoa — Sehriyo School maktabining Vorpal Swords jamoasi egalladi.

Oʻzbekistonning yana bir jamoasi — International Talent Academy taʼlim muassasasining “Академия талантов” jamoasi Erudit-kvartet bahslarida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Yurtdoshlarimiz Shaxsiy oʻyin bahslarida ham medallarni qoʻlga kiritdi. 2- va 3- oʻrinlar “Академия талантов” jamoasi aʼzolari — Yegor Dyomin hamda Sofya Korzikka nasib etdi.

Aytish joizki, musobaqada sovrindor boʻlgan har uchala jamoa ham “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan oʻtkazib kelinadigan “Zakovat” boʻyicha Oʻquvchilar ligasi, “Заковат: Школная лига” va boshqa bir qator musobaqalarda muntazam qatnashib, yuqori oʻrinlarni egallab keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер