Namanganlik oʻquvchi yigirmaga yaqin nufuzli oliygohlar talabaligiga munosib topildi

Foto: Xalq so‘zi
Yurtimizda izlanish va intilishlari bilan koʻpchilikni hayratga solayotgan iqtidorli yoshlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Ulardan biri - Namangan shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati bitiruvchisi Hikmatilla Xudoyberdiyev erishgan natija, ayniqsa, havas qilgulik. Oʻz ustida tinim bilmay ishlaydigan yigit bir paytning oʻzida AQSH, Shveysariya va mamlakatimizning jami 18 ta oliygohlari talabaligiga muddatidan avval qabul qilinish huquqini qoʻlga kiritdi. Ayni imkoniyat hisobiga 1 million 317 ming 600 AQSH dollari miqdoridagi grant sohibi boʻldi.
Yosh hamyurtimiz qoʻlga kiritgan katta muvaffaqiyat zamirida uning tirishqoqligi, fanlarni chuqur darajada oʻzlashtirishdek mashaqqatli mehnat turibdi. U matematika va ingliz tili fanlari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan holda xalqaro SAT sertifikatiga ham ega boʻldi.
— Ilmga intilish insonni maqsadga yetkazadi, — deydi Hikmatilla Xudoyberdiyev. — Maktabni tugallash arafasidayoq OTM talabaligi kafolatini qoʻlga kiritganimdan, eng avvalo, ustozlarim, ota-onam, tengdoshlarim xursand. 18 ta oliygohning bari xalqaro reytingda yuqori oʻrinlarda turadi. Ularning qay birida oʻqish masalasiga kelsak, oʻz qiziqishlarimdan kelib chiqib tanlayman.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring