Namanganlik oʻqituvchi oʻz hisobidan maktab xonasini jihozladi

09:59 22 Fevral 2024 Jamiyat
153 0

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi 2-maktabning informatika fani oʻqituvchisi Dilshodbek Muxtorov oʻz hisobidan maktab xonasini jihozladi.

Ustozning shogirdlari har yili fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, maskanning sobiq bitiruvchisi Hojiakbar Murodullayev 2023-yilda NamMQI tashabbusi bilan oʻtkazilgan informatika musobaqasida ishtirok etib, grant asosida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritgandi. Shuningdek, “Robot.uz — 2023” xalqaro olimpiadasida muassasaning 6-sinf oʻquvchilari jamoa hisobida 2-oʻrinni egallashgan. Faoliyati orqasidan 12 mln soʻm maosh olayotgan pedagog maktabda xayrli ishga qoʻl urdi.

Oʻquvchilarning puxta bilim olishlari va IT sohasidagi koʻnikmalarini chuqur oʻzlashtirishlari uchun informatika va robototexnika xonalarini oʻz hisobidan zamonaviy 16 dona parta, 40 ta stul va boshqa jihozlar bilan taʼminladi. Bu esa yoshlarning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqini yanada ortishiga zamin yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер