Namanganlik olimlar tomonidan saratonga shifo boʻluvchi oʻsimlik navi mahalliylashtirildi

17:59 11 Avgust 2021 Jamiyat
483 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Sal kam 2 ming yillik tarixga ega Gojji oʻsimligi dastlab Xitoyda oʻta noyob dorivor giyoh sifatida tarqalgan. Ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi mazkur nav Oʻzbekistonda ilk bor namanganlik olimlar tomonidan mahalliylashtirildi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh tadqiqotchilari qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Avazbek Merganov boshchiligida ushbu loyihaga qoʻl urishgan edi. Ilmiy amaliy izlanishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan grant loyiha sifatida ajratilgan 760 million soʻm mablagʻ qoʻl keldi. Muallifning taʼkidlashicha, ushbu dorivor oʻsimlik uzoq yillik hisoblanadi.

Foto: “Xalq soʻzi”

“Gojjining mevasi tarkibida inson salomatligi uchun zarur boʻlgan 20 xildan ortiq  elementlar mavjud. Ular orasida 18 ta aminokislota qatori Germaniy moddasi ham bor. Eng muhimi, mazkur oʻsimlik tarkibidagi tabiiy moddalardan onkologik kasalliklarni davolash jarayonida shifo sifatida foydalaniladi”, deydi Avazbek Merganov. 

Aytish lozimki, ushbu loyiha doirasida ayni kunlarda Namangan viloyatining Chortoq va Chust tumanlarida yetti mingdan ortiq koʻchat navlari yetishtirilmoqda. Ular kuz faslida parvarishlash uchun viloyatdagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tarqatiladi. 

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?