Namanganlik mergan sportchi I MDH oʻyinlarida gʻolib boʻldi
Joriy yilning 4-sentyabrida Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida start olgan birinchi MDH davlatlari oʻyinlari gʻoliblari aniqlanmoqda. Toʻqqizta davlat vakillari ishtirok etayotgan nufuzli musobaqaning pnevmatik quroldan oʻq otish yoʻnalishida mamlakatimiz terma jamoasi aʼzosi Muhammad Kamolov faxrli birinchi oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashining oʻq otish sporti seksiyasi aʼzosi M. Kamolov 2002-yilda tugʻilgan boʻlib, olti yildan buyon ushbu sport turi bilan shugʻullanib keladi. Ustozlari — Muhabbat Kondakova hamda Vadim Kondakovlardan mahorat saboqlarini puxta oʻzlashtirgan yigit respublika va xalqaro musobaqalarda bir necha bor gʻolib boʻlgan. U ayni yutuqlari uchun oʻtgan yili Namangan muhandislik qurilish institutiga imtiyozli asosda oʻqishga qabul qilindi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring